Shvetsiyalik mashhur bloger velosipedda O‘zbekistonga keldi – video

Shvetsiyalik taniqli instabloger va velosayohatchi Anders Grandiyen velosipedda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Bloger 15 ming kmdan ortiq masofani velosiped va ot bilan bosib o‘tishni rejalashtirgan. O‘zbekistondagi sayohati davomida u Nukus, Xiva va Buxoro kabi shaharlarni ziyorat qildi. Bloger mazkur hududlardagi tarixiy obidalar, milliy taomlar, an’analar va mehmondo‘stlik haqida videokontentlar tayyorlab, o‘z kuzatuvchilari bilan baham ko‘rdi.
Grandiyen O‘zbekistondagi safarini yakunlab, endi Buyuk Ipak yo‘li orqali Yaponiyaga borishni rejalashtirgan. Uning Instagram sahifasida 100 mingga yaqin obunachi bor, O‘zbekistondagi sayohatini esa 250 mingga yaqin kishi kuzatib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni qariyb 20 foizga oshgani haqida yozgan edik.