Yangiliklar

Shvetsiyalik mashhur bloger velosipedda O‘zbekistonga keldi – video

U Shvetsiyadan Yaponiyagacha bo‘lgan 15 159 kmlik masofani velosiped va otda bosib o‘tmoqchi
Shvetsiyalik mashhur bloger velosipedda O‘zbekistonga keldi / Foto: «Dunyo» AA

Shvetsiyalik taniqli instabloger va velosayohatchi Anders Grandiyen velosipedda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/07/sweden-to-japan-on-bicycle-and-horse-route-breakdown.mp4
Video: Anders Grandiyen ijtimoiy tarmog‘idan

Bloger 15 ming kmdan ortiq masofani velosiped va ot bilan bosib o‘tishni rejalashtirgan. O‘zbekistondagi sayohati davomida u Nukus, Xiva va Buxoro kabi shaharlarni ziyorat qildi. Bloger mazkur hududlardagi tarixiy obidalar, milliy taomlar, an’analar va mehmondo‘stlik haqida videokontentlar tayyorlab, o‘z kuzatuvchilari bilan baham ko‘rdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/07/187534204311.mp4
Video: Anders Grandiyen ijtimoiy tarmog‘idan

Grandiyen O‘zbekistondagi safarini yakunlab, endi Buyuk Ipak yo‘li orqali Yaponiyaga borishni rejalashtirgan. Uning Instagram sahifasida 100 mingga yaqin obunachi bor, O‘zbekistondagi sayohatini esa 250 mingga yaqin kishi kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni qariyb 20 foizga oshgani haqida yozgan edik.