Umra tadbirlarini targ‘ib qiluvchi noqonuniy reklamalar aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar sud organlariga yuborildi
Umra tadbirini targ‘ib qiluvchi noqonuniy reklamalarga chora ko‘rildi / Foto: Islam.ru

Farg‘ona viloyatida ziyorat xizmatlariga oid reklama e’lonlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish davomida uchta Telegram kanalida litsenziyasiz reklama berilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Umra Safar 2025», «Saudiyaga Sayohat Muhammad Yusuf» va «Makka Madina Sayohat» nomli kanallarda Umra safarlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli ruxsatlarsiz reklama materiallari joylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablarini buzish alomatlari bilan ishlar qo‘zg‘atilib, hujjatlar sud organlariga yuborildi. Noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxslarni aniqlash uchun Ichki ishlar vazirligi va Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi. Qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita tomonidan Jizzaxda 1,8 mlrd so‘mlik asossiz qarzdorlik tadbirkorlar foydasiga bekor qilingan edi.

Shuningdek