Vivo X Fold5 smartfoni haqida nimalar ma’lum

14-iyul 2025 14:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo X Fold5
Vivo X Fold5 haqida nimalar ma’lum / Foto: GSMArena

Vivo kompaniyasi yangi bukiladigan flagman smartfoni – Vivo X Fold 5 modelini taqdim etdi. Ushbu telefon avvalgi vivo X Fold3 va X Fold3 Pro’ning davomchisi hisoblanadi. GSMArena nashri ushbu qurilma haqida maqola e’lon qildi.

Telefon bilan birga USB-A’dan USB-C’ga kabel, 90 vattlik zaryadlovchi va himoya g‘ilofi taqdim etila

Dizayn

Foto: GSMArena

Vivo X Fold5 dizayn borasida sezilarli o‘zgarish qilgan. U oldingi modelga qaraganda ancha yupqa:

  • Buklangan holatda: 9.2 mm (avval 11.2 mm);
  • Ochilgan holatda: 4.3 mm (avval 5.2 mm);
  • Yangi model yengilroq ham: 224 gramm (Fold3 – 236 gramm).

Yana bir yangilik — changga qarshi himoya. Qurilma IP58/IP59+ darajada himoyalangan. Bu to‘liq chang o‘tkazmaydigan emas (IP68 bo‘lishi kerak edi), lekin oldingi modeldan ancha yaxshi.

Ekranlar

Foto: GSMArena

Telefonning tashqi (6.53 dyuym) va ichki (8.03 dyuym) ekranlari deyarli bir xil. Har ikkalasi ham LTPO texnologiyali, 120 Hz yangilanish tezligi va 10-bit rang ko‘rsatishga ega. Tashqi ekran maksimal yorqinlikda ustun: 5500 nitgacha.

Kamera

Vivo X Fold 5 qanday xususiyatlarga ega / Foto: GSMArena

Kamera borasida X Fold5 avvalgidan unchalik uzoq ketmagan. Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, yorqinroq f/1.6 obyektivga ega, lekin sensori kichikroq (1/1.56 dyuym, oldingi modelda 1/1.3 dyuym edi).

Ultra keng kamera o‘sha o‘lchamdagi sensor bilan qolgan, ammo 15 mm f/2.1 obyektiv bilan. Unda fazaga asoslangan avtomatik fokus mavjud.

Zoom kamera esa 85 mm f/2.6 obyektiv bilan taqdim etilgan (avval 70 mm edi). Sensor esa biroz kichikroq, lekin sifat jihatidan o‘xshash.

Batareya va qo‘shimcha imkoniyatlar

Vivo batareyani 5 foizga oshirgan. Endi u 6000 mA·soat sig‘imga ega. Yangi maxsus tugma ham qo‘shilgan. U telefonni «vibratsiya» va «qo‘ng‘iroq» rejimlari o‘rtasida almashtiradi, shuningdek, fonarni yoqadi.

Umuman olganda vivo X Fold5 — dizayni va qulayligi yaxshilangan zamonaviy bukiluvchi smartfon hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo X200 FE smartfonini ko‘pchilik nega tanlayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek