
Vivo kompaniyasi yangi bukiladigan flagman smartfoni – Vivo X Fold 5 modelini taqdim etdi. Ushbu telefon avvalgi vivo X Fold3 va X Fold3 Pro’ning davomchisi hisoblanadi. GSMArena nashri ushbu qurilma haqida maqola e’lon qildi.
Telefon bilan birga USB-A’dan USB-C’ga kabel, 90 vattlik zaryadlovchi va himoya g‘ilofi taqdim etila
Dizayn

Vivo X Fold5 dizayn borasida sezilarli o‘zgarish qilgan. U oldingi modelga qaraganda ancha yupqa:
- Buklangan holatda: 9.2 mm (avval 11.2 mm);
- Ochilgan holatda: 4.3 mm (avval 5.2 mm);
- Yangi model yengilroq ham: 224 gramm (Fold3 – 236 gramm).
Yana bir yangilik — changga qarshi himoya. Qurilma IP58/IP59+ darajada himoyalangan. Bu to‘liq chang o‘tkazmaydigan emas (IP68 bo‘lishi kerak edi), lekin oldingi modeldan ancha yaxshi.
Ekranlar

Telefonning tashqi (6.53 dyuym) va ichki (8.03 dyuym) ekranlari deyarli bir xil. Har ikkalasi ham LTPO texnologiyali, 120 Hz yangilanish tezligi va 10-bit rang ko‘rsatishga ega. Tashqi ekran maksimal yorqinlikda ustun: 5500 nitgacha.
Kamera

Kamera borasida X Fold5 avvalgidan unchalik uzoq ketmagan. Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, yorqinroq f/1.6 obyektivga ega, lekin sensori kichikroq (1/1.56 dyuym, oldingi modelda 1/1.3 dyuym edi).
Ultra keng kamera o‘sha o‘lchamdagi sensor bilan qolgan, ammo 15 mm f/2.1 obyektiv bilan. Unda fazaga asoslangan avtomatik fokus mavjud.
Zoom kamera esa 85 mm f/2.6 obyektiv bilan taqdim etilgan (avval 70 mm edi). Sensor esa biroz kichikroq, lekin sifat jihatidan o‘xshash.
Batareya va qo‘shimcha imkoniyatlar
Vivo batareyani 5 foizga oshirgan. Endi u 6000 mA·soat sig‘imga ega. Yangi maxsus tugma ham qo‘shilgan. U telefonni «vibratsiya» va «qo‘ng‘iroq» rejimlari o‘rtasida almashtiradi, shuningdek, fonarni yoqadi.
Umuman olganda vivo X Fold5 — dizayni va qulayligi yaxshilangan zamonaviy bukiluvchi smartfon hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo X200 FE smartfonini ko‘pchilik nega tanlayotgani haqida yozgan edi.