Avto

Dongfeng kompaniyasi yangi Voyah Free+ EREV modelini taqdim etdi

Narxi $30 mingdan boshlanadi
Voyah Free+ EREV sotuvga chiqdi / Foto: Voyah Free

Xitoyning Dongfeng avtomobil ishlab chiqaruvchisi yangi Voyah Free+ EREV krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, model ikki xil uzatma tizimi bilan taklif etiladi: orqa g‘ildirakdan tortuvchi (RWD) va to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi (AWD) versiyalar. Narxlar quyidagicha:

  • RWD Qiankun – 219 900 yuan ($30 ming);
  • AWD Qiankun – 249 900 yuan ($34 ming);
  • AWD Sport – 279 900 yuan ($39 ming).

Model uchun dastlabki 15 daqiqada 11 583 ta buyurtma kelib tushgan. Voyah 2025-yilda 200 mingta avtomobil sotishni rejalashtirgan, ammo shu kungacha bu rejadan 28 foiz bajarilgan.

Voyah Free+ – Free seriyasidagi uchinchi model. Undan oldin Free va Free 318 chiqqan.

Foto: CarNewsChina

Unda Huawei ADS 4 haydovchiga yordam tizimi mavjud. U 29 ta datchik bilan jihozlangan: 192 chiziqli lidar, 3 ta 4D radar, 11 ta kamera va 12 ta ultratovushli datchik. U avtomatik boshqaruvda shahar va magistral navigatsiyasini, hamda avtoparkovkani qo‘llab-quvvatlaydi. Huawei bu tizim keskin tormozlarni 30% kamaytiradi, deya bildirgan.

Avtomobil o‘lchamlari: 4915×1960×1600(1645) mm, g‘ildirak bazasi – 2960 mm.

Foto: CarNewsChina

Quvvat tizimi: 95 kVtli 1.5T benzin dvigateli, elektromotorlar va 43,2 kVt·soatli LFP batareya.

Texnik ko‘rsatkichlar:

  • RWD: 215 kVt elektromotor, 180 km/soat tezlik, 2250 kg og‘irlik, 318 km faqat elektr yurish, umumiy yurish masofasi – 1458 km.
  • AWD: qo‘shimcha 135 kVt old elektromotor, 200 km/soat tezlik, 2350 kg og‘irlik, 259 km faqat elektr yurish, umumiy masofa – 1357 km.

3C tez zaryad bilan batareya 20 daqiqada 20% dan 80% gacha to‘la bo‘ladi.

Foto: CarNewsChina

Boshqaruv tizimi Huawei HarmonySpace 5 yordamida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Voyah kompaniyasi yangi Free+ krossoverini taqdim etgani haqida yozgan edi.