Wizz Air O‘zbekistondan Abu-Dabiga aviaparvozlarni to‘xtatadi

eʼlon qilindi
2025-yil 1-sentabrdan boshlab
Wizz Air O‘zbekistondan Abu-Dabiga aviaparvozlarni to‘xtatadi / Foto: Travel news

Yevropaning arzon aviaqatnovlar bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan biri – Wizz Air Yaqin Sharqdagi beqarorlik tufayli Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Kompaniya endilikda o‘zining asosiy bozori bo‘lgan Sharqiy va Markaziy Yevropaga qaytishni rejalashtirmoqda.

Bu qaror, ayniqsa, O‘zbekistondan Fors ko‘rfazi mamlakatlariga uchishni rejalashtirgan yo‘lovchilar uchun muhim bo‘lishi mumkin. Wizz Air orqali Abu-Dabi orqali tranzit parvoz qilgan yo‘lovchilar endilikda boshqa aviatashuvchilar xizmatidan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.

Wizz Air bosh direktori Yojef Varadi ta’kidlashicha, kompaniya Yevropadagi bozorda raqobatbardosh bo‘lib, aynan shu hududga sarmoya kiritadi. Ayni vaqtda kompaniya 280 ta yangi Airbus samolyotiga buyurtma bergan.

Ma’lumot uchun, Wizz Air Toshkentdan to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni taklif qilmagan bo‘lsa-da, Abu-Dabi orqali Yevropaning turli shaharlari bilan arzon bog‘lanish imkonini yaratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways Iroqqa parvozlarni tiklagan edi.

Shuningdek