Yangilangan Chevrolet Onix 2026 modelining narxlari e’lon qilindi

14-iyul 2025 12:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Onix 2026
Yangilangan Chevrolet Onix 2026 modelining narxlari e’lon qilindi / Foto: Chevrolet

Chevrolet kompaniyasining Braziliya saytida yangilangan Chevrolet Onix 2026 modelining narxlari e’lon qilindi. Model yettita variantda taqdim etiladi.

«U shunchaki mashina emas – u shahar ko‘chalarida, har bir ongli tanlovda va avtomobilni chin dildan qadrlaydiganlar hayotida yashaydi. Onix 2026 Braziliya bozorida erishgan barcha yutuqlarini saqlab qolgan», – deyiladi kompaniya saytida.

Foto: Chevrolet
Chevrolet Onix 2026
Chevrolet Onix 2026 modelining narxlari e’lon qilindi / Foto: Chevrolet

Ayni paytda Barziliyada modellarning narxi quyidagicha:

VersiyaBoshlang‘ich narxi (BRL)Taxminiy narxi (USD)
Onix 1.0 MT (manual)R$ 103 ming$18,5 ming
Onix 1.0 Turbo MT (manual)R$ 107 ming$19,5 ming
Onix 1.0 Turbo AT (avtomat)R$ 113 ming$20,5 ming
Onix LT Turbo ATR$ 118 ming$21,5 ming
Onix LTZ Turbo ATR$ 123 ming$22,5 ming
Onix Premier Turbo ATR$ 129 ming$23,5 ming
Onix RS Turbo ATR$ 130 ming$23,5 ming

Bu narxlar faqat Brazilayadagi narx bo‘lib, yangilangan versiyaning global savdoga qachon chiqish noma’lum. O‘zbekistonda Onix LS MT modelini chegirma bilan 161 mln so‘mga ($12,7 ming) xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Chevrolet Onix taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek