
Chevrolet kompaniyasining Braziliya saytida yangilangan Chevrolet Onix 2026 modelining narxlari e’lon qilindi. Model yettita variantda taqdim etiladi.
«U shunchaki mashina emas – u shahar ko‘chalarida, har bir ongli tanlovda va avtomobilni chin dildan qadrlaydiganlar hayotida yashaydi. Onix 2026 Braziliya bozorida erishgan barcha yutuqlarini saqlab qolgan», – deyiladi kompaniya saytida.


Ayni paytda Barziliyada modellarning narxi quyidagicha:
Versiya | Boshlang‘ich narxi (BRL) | Taxminiy narxi (USD) |
---|---|---|
Onix 1.0 MT (manual) | R$ 103 ming | $18,5 ming |
Onix 1.0 Turbo MT (manual) | R$ 107 ming | $19,5 ming |
Onix 1.0 Turbo AT (avtomat) | R$ 113 ming | $20,5 ming |
Onix LT Turbo AT | R$ 118 ming | $21,5 ming |
Onix LTZ Turbo AT | R$ 123 ming | $22,5 ming |
Onix Premier Turbo AT | R$ 129 ming | $23,5 ming |
Onix RS Turbo AT | R$ 130 ming | $23,5 ming |
Bu narxlar faqat Brazilayadagi narx bo‘lib, yangilangan versiyaning global savdoga qachon chiqish noma’lum. O‘zbekistonda Onix LS MT modelini chegirma bilan 161 mln so‘mga ($12,7 ming) xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Chevrolet Onix taqdim etilgani haqida yozgan edi.