Yunusobod tumanidagi ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi
eʼlon qilindi
Hozircha tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q

Bugun, 14-iyul kuni soat 07:39 da Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlaridan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda.
Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib bordi. Ular soat 07:44 da yong‘inni o‘chirish ishlarini boshladi.
Hozircha tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in joyiga FVV rahbariyati, shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Seul moon ovqatlanish maskanida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.