
Kamerun prezidenti Pol Biya 43 yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lishiga qaramay, 92 yoshida yana prezidentlik saylovida ishtirok etishini e’lon qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
U 2025-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda sakkizinchi muddatga nomzod bo‘ladi.
Biyaning sog‘lig‘i yomonlashgani haqida mish-mishlar tarqalgandi, ammo u xalqning talabiga binoan qarorini e’lon qilganini aytdi. Kamerun hukumati bu masalani milliy xavfsizlik deb e’lon qilib, prezident sog‘lig‘i haqidagi bahslarni ommaviy axborot vositalarida taqiqlagan.
Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, parokanda muxolifat Biya partiyasini yenga olmaydi. Uning uzoq yillik hokimiyati davomida inson huquqlari buzilgani haqida xalqaro tashkilotlar tanqid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zR prezidenti administratsiyasida va muhim tuzilmaviy bo‘linmalarda qanday tayinlovlar amalga oshirilgan edi.