AQShda qo‘lga olingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
eʼlon qilindi
Ko‘p miqdordagi mol-mulkni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

AQShda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinib, vatanga deportatsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosiga tayanib xabar berdi.
Ushbu fuqaro ko‘p miqdordagi mol-mulkni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinib, Interpol tomonidan qidiruvga berilgan edi.
Interpol MMB tomonidan ushbu shaxs deportatsiya qilinib, 13-iyul kuni Toshkent shahriga olib kelindi. Hozirda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» nashri Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgani haqida yozgandi.