
Beeline Business 2025-yil iyun oyida Microsoft’ning sertifikatlangan hamkori maqomini oldi va Modern Work (M365) hamda Azure yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassislar jamoasini kuchaytirdi. Endilikda kompaniyaning O‘zbekistondagi korporativ mijozlari Microsoft bulutli va dasturiy yechimlaridan professional mahalliy qo‘llab-quvvatlash bilan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yangi biznes yechimlari qatorida – Microsoft Modern Work (M365) xizmati, ya’ni moslashuvchan jamoaviy ishni tashkil etish vositalari, hamda Microsoft Azure bulutli platformalari – IT-infratuzilmani qurish va kengaytirish uchun yechimlar mavjud. Beeline Business mutaxassislari ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitilib, sertifikatdan o‘tgan, bu esa xizmat ko‘rsatishning barcha bosqichlarida – mos ssenariylarni tanlashdan tortib joriy etish, sozlash va kundalik ishlatishgacha – sifatli yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Barcha yechimlar Software as a Service (SaaS) modeli orqali taqdim etiladi: mijoz o‘z infratuzilmasini rivojlantirishga sezilarli mablag‘ sarflamasdan, moslashuvchan to‘lov va resurslarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, foydalanishga tayyor xizmatni qo‘lga kiritadi.
«Bugungi kunda bizneslar oddiy dasturiy ta’minot yetkazib beruvchilarni emas, balki — barcha bosqichlarda, ya’ni echimlarni tanlashdan kundalik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan to‘liq hamkorlikni taklif qiluvchi hamkorlarni izlaydi. Microsoft bilan hamkorlik va jamoamizning Modern Work hamda Azure bo‘yicha sertifikatsiyalanganligi tufayli biz mijozlarimiz ehtiyojlariga mos barcha bosqichdagi vazifalarni bajarishga tayyormiz»,
dedi Beeline Uzbekistan korporativ savdolarni rivojlantirish bo’yicha direktori Dmitriy Fisenko.
Yangi maqomga ega bo‘lgan Beeline Business O‘zbekistonda biznesga aloqa, bulutli xizmatlar, jahon darajasidagi korporativ dasturiy ta’minot va professional qo‘llab-quvvatlashni yagona oyna formatida taqdim etayotgan birinchi xususiy telekom-operatorga aylandi.
Beeline Business’ning korporativ mijozlar uchun xizmat va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun cloudsolutions@beeline.uz elektron manziliga murojaat qiling.
Beeline Uzbekistan haqida
«Unitel» MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025-yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan