Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar qabul qilinmoqda
eʼlon qilindi
Arizalar 2025-yil 5-avgust (shu kuni ham) gacha qabul qilinadi

2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar uchun onlayn ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Arizalar O‘zbekiston hududidagi davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish uchun transfer.edu.uz, xorijiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun esa my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ariza topshirish muddati 2025-yil 5-avgust (shu kuni ham) gacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq magistraturaga hujjat topshirish boshlangan edi.