Etihad Airways Toshkent – Abu Dabi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
2026-yil mart oyidan
Foto: Etihad Airways

Etihad Airways 2026-yil mart oyidan boshlab Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Yangi yo‘nalishlar orasida Toshkent bilan bir qatorda Olmaota, Boku, Buxarest, Madina, Tbilisi va Yerevan shaharlari ham bor.

«Bizning asosiy maqsadimiz – Abu-Dabiga yanada ko‘proq sayyoh va sarmoyadorlarni jalb qilish. Yangi yo‘nalishlar orasida Toshkent kabi tez rivojlanayotgan va madaniy boy shaharning bo‘lishi strategik qaror», deya ta’kidladi aviakompaniyaning bosh direktori Antoniualdu Neves.

Yil oxirigacha aviakompaniya yana 13 ta yangi yo‘nalish ochilishi rejalashtirilgan. Kompaniyaning rejalari orasida Polsha (Krakov), Ummon (Salala) va Rossiya (Qozon) kabi yangi mavsumiy yo‘nalishlar ham mavjud.

Etihad Airways’ning bu e’loni arzon narxlardagi Wizz Air aviakompaniyasining Abu-Dabi bozoridan chiqishi ortidan berildi. Wizz Air ilgari Toshkentga ham qatnovlarni amalga oshirib kelgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ko‘plab aviakompaniyalar Yaqin Sharq yo‘nalishidagi reyslarini to‘xtatgani haqida yozgandi.

Shuningdek