Firibgarlar Telegramda virus tarqatib 1 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni o‘zlashtirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
177 nafar fuqarodan
Foto: baxtiyor.uz

Toshkent shahrida jinoiy guruh a’zolari 177 nafar fuqaroning bank kartasidan deyarli 1 milliard so‘mni o‘zlashtirgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Mazkur jinoyat Telegram messenjeri orqali tarqatilgan APK formatidagi zararli mobil ilova yordamida amalga oshirilgan. Gumonlanuvchilar ushbu ilovani Android foydalanuvchilariga turli yo‘llar bilan yuklatgan, natijada foydalanuvchilarning telefonlaridagi xabarlar, kontaktlar, qo‘ng‘iroq tarixlari va, eng muhimi, bank kartasi ma’lumotlari ularning qo‘liga tushgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, firibgarlar nafaqat karta ma’lumotlarini, balki SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodlarini ham qo‘lga kiritib, hisoblardan pullarni yechib olishgan.

Guruh a’zolari bir nechta davlat fuqarolari ekani aniqlanib, ularning shaxsiy telefonlaridan firibgarlikda foydalanilgan kartalar, abonent raqamlari va boshqa muhim dalillar topilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kreditga doir firibgarlik holatlari fosh etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek