Stelato S9T avtomobilining suratlari e’lon qilindi

15-iyul 2025 10:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Stelato S9T
HIMA brendining ilk universal avtomobili – Stelato S9T rasman namoyish etildi / Foto: Stelato

BAIC va Huawei hamkorligida tashkil etilgan HIMA alyansi ilk universal avtomobili – Stelato S9T modelining rasmiy suratlarini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Mashina Wonderland Green rangida bo‘lib, bu kuzda bozorga chiqishi rejalashtirilgan. Avvalroq S9T prototipi Xitoyda qalin kamuflyajda ko‘rilgan edi.

Foto: Stelato

Model S9 bazasida yaratilgan. U o‘zgacha old chiroqlari, ko‘p spokey’li disklar, xrom qoplangan rom va eshik chetlari bilan jihozlangan. Orqa chiroqlar esa yangi Nebula dizayniga ega.

Tom qismi C-ustunigacha to‘g‘ri keladi, keyin pastga egiladi. Orqa pastki o‘ng burchagida S9T belgisi bor.

S9T tom qismida yuk relslari ham mavjud. Tomda va old qanotlarda joylashgan lidar sensorlari mashina Huawei’ning ilg‘or Qiankun ADS haydovchisiz tizimidan foydalanishini ko‘rsatadi.

Foto: Stelato

Stelato S9 modeli Xitoyda iyun oyida 4 ming dona sotilgan. U 300 ming yuandan ($43 ming) qimmatroq yangi energiya sedani bozorida birinchi o‘rinni egalladi. Hozirda S9’ning 6 xil rusumi mavjud bo‘lib, ularning narxi 309 ming yuandan 450 ming yuan ($43 200 – $62 700) orasida.

Ma’lumot o‘rnida, HIMA (Harmony Intelligent Mobility Alliance) – BAIC (Beijing Automotive Industry Holding) va Huawei kompaniyalari tomonidan tuzilgan hamkorlik alyansidir. Ushbu alyans zamonaviy elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar, ayniqsa Huawei’ning aqlli boshqaruv va sun’iy intellekt tizimlarini avtomobillarga integratsiya qilishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan olti o‘rinliqli Li i8 elektromobilining suratlari tarqalgani haqida yozgan edi.

Shuningdek