Avto

Honor, Vivo va Xiaomi yangi qurilmalarini taqdim etishga tayyorlanmoqda

Ular shu yil oxirigacha taqdim etiladi
Honor, xiaomi, Vivo
Honor, Vivo va Xiaomi’dan yangi qurilmalar haqida ma’lumotlar tarqaldi / Foto: Android central

Honor, Vivo va Xiaomi kompaniyalarining yangi qurilmalari haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda 4pda nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Honor Magic 8 seriyasiga kichikroq model qo‘shilishi mumkin. Honor Magic 8 bazaviy modelida 6,58 dyuymli, 1.5K aniqlikdagi va LTPO texnologiyali displey bo‘ladi. Pro versiya esa 6,71 dyuymli ekran bilan taqdim etilishi mumkin. Yangi liniya kuzda taqdim qilinadi.

Shuningdek, Vivo X300 smartfonining kamerasi haqida ham ma’lumotlar oldindan oshkor bo‘lgan edi. Asosiy kamera 200 megapikselli, 1/1.4 dyuymli sensorga ega. Shu bilan birga, 50 MP keng burchakli kamera va 3 karra optik zumli IMX882 sensorli kamera bo‘ladi.

Kompaniya Pro Mini o‘rniga 6,3 dyuymli OLED ekranli asosiy modelni chiqarishi mumkin. U 120 Hz yangilanish tezligi va IP69 himoya darajasiga ega bo‘ladi. Seriya oktabrda taqdim etilishi kutilmoqda.

Xiaomi Pad 8 Pro plansheti ham yangiliklardan chetda qolmadi. Uning 12 dyuymli, 144 Hz yangilanishga ega IPS displey bilan taqdim etilishi aytilmoqda. Planshet Snapdragon 8 Elite chipi va 12 000 mA/soatli akkumulyator bilan jihozlanadi. Biroq OLED emas, IPS ekran ishlatilgani ayrimlar uchun kamchilik bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo X Fold5 smartfoni haqida yozgan edi.