Gadjetlar

Honor X70 taqdim etildi — foto, narx

Narxi $195 dan boshlanadi
Honor
Honor X70 taqdim etildi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor X70 smartfoni rasman namoyish etildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Qurilma kuchli batareyasi, mustahkam korpusi va arzon narxi bilan ajralib turadi.

Asosiy versiya (8/128 GB) narxi atigi $195 ga sotiladi. Boshqa variantlar:

  • 8/256 GB — $225
  • 12/256 GB — $250
  • 12/512 GB — $280
Foto: Honor

Eng yuqori modelda 80 Vt simli va simsiz tez zaryadlash mavjud. Batareya sig‘imi 8300 mA·soatni taqdim etadi.

Honor X70 korpusi IP69K darajasida himoyalangan. Bu suv va changdan yuqori darajada himoya degani.

Foto: Honor

Displey — 6,79 dyuym, 1.5K aniqlikda, 120 Hz yangilanish tezligi va 6000 nit maksimal yorug‘likka ega. Shuningdek, 3840 Gts PWM texnologiyasi ko‘zga xavfsiz yoritish beradi.

Asosiy kamera — 50 MP, OIS stabilizatori va sun’iy intellekt yordamida ishlaydi. Old kamera 8 MPni tashkil etadi.

Qurilma shuningdek stereodinamika, NFC, infraqizil port va kuchli vibromotor bilan jihozlangan. Protsessor Snapdragon 6 Gen 4 da ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor kompaniyasi yangi Honor X70 smartfonini iyul oyida taqdim etishi haqida yozgan edi.