
Apple kompaniyasi an’anaviy tarzda har yili sentabr oyida yangi iPhone modellari taqdimotini o‘tkazadi. Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanning ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 17 seriyasi 2025-yil 8-sentabr kuni namoyish etilishi kutilmoqda.
Taqdimotning aniq sanasi hozircha e’lon qilinmagan. Biroq ehtimoliy sanalar sifatida 8, 9 yoki 10-sentabr ko‘rsatilmoqda.
Yangi avlod iPhone’lar quyidagi modellardan iborat bo‘ladi:
- iPhone 17;
- iPhone 17 Air (avvalgi Plus o‘rniga);
- iPhone 17 Pro;
- iPhone 17 Pro Max.
Air modeli Plus o‘rnini egallaydi, chunki u avvalgi seriyada eng kam sotilgan telefon bo‘lgan. Apple bu yangi nom bilan ko‘proq xaridor jalb etishga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple bir nechta qurilmalarni «eskirgan» toifaga kiritgani haqida yozgan edi.