Avto

Kia 2026-yilda XCeed modelini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Kia
Bu qaror brendning elektromobillarga o‘tish strategiyasi doirasida qabul qilingan
kia
Kia XCeed modeli bilan xayrlashishni boshladi / Foto: Kia

Kia kompaniyasi Yevropada mashhur bo‘lgan Kia XCeed avtomobili 2026-yilda ishlab chiqarishdan to‘xtatilishini e’lon qildi. Bu qaror brendning elektromobillarga o‘tish strategiyasi doirasida qabul qilindi.

Model ketishi arafasida Kia Nightline nomli maxsus seriyani taqdim etdi. Ushbu versiyada yangilangan dvigatellar va boyroq jihozlar mavjud.

Bazaviy model 115 ot kuchiga ega 1.0 T-GDI dvigateli bilan jihozlangan. Eski 1.5 T-GDI o‘rniga esa endi 150 yoki 180 ot kuchli 1.6 T-GDI dvigatellari taklif etilmoqda. Eng kuchli model 7 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan 100 km/soat tezlikka 8,5 soniyada erishadi va maksimal tezligi 210 km/soatni tashkil etadi.

Nightline seriyasida navigatsiya tizimi, charm va matoli salon qoplamasi, LED faralar mavjud. Narxlar 27 ming yevrodan boshlanib, top versiyada 38 ming yevrogacha yetadi.

Kia XCeed avtomobili Foto: Kia

Ma’lumot o‘rnida, Kia – Janubiy Koreyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, kompaniyaga 1944-yilda asos solingan. Dastlab velosiped va motosikllar ishlab chiqargan. Keyinchalik avtomobil sanoatiga kirib kelgan Kia, bugungi kunga kelib Hyundai Motor Group tarkibidagi eng yirik brendlardan biriga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi Kia EV2 elektromobili ilk bor yo‘l sinovlarida ko‘rinish bergani haqida yozgan edi.