
Lamborghini yangi Temerario GT3 poyga avtomobilini namoyish qildi. Musobaqa uchun mo‘ljallangan ushbu model kompaniyaning Sant’Agata Bolognese zavodida ishlab chiqilgan va tayyorlangan.
Temerario GT3 yengil alyuminiy karkas, karbon kuzov qismlari va egizak-turbo V8 dvigatel bilan jihozlangan. U Temerario yo‘l modeli asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, poyga talablari uchun tuzilishi va texnik xizmat ko‘rsatish jihatlari o‘zgartirilgan. 4,0 litrli V8 twin-turbo GT3 me’yoriy talablariga muvofiq majburiy induksiya va turbo zaryadlash qismlarida ba’zi o‘zgarishlarni oldi.

Alyuminiy karkas poyga yo‘li uchun yengillashtirilib va soddalashtirilib ishlab chiqilgan. Old va orqa karkas qismlari trekda tezda yechilib va qayta o‘rnatilishi mumkin. Dvigatel va transmissiyani tezda almashtirish imkoniyati uchun orqa karkasga ham o‘zgarishlar kiritilgan.
Shuningdek, FIA GT3 xavfsizlik talablariga mos ravishda markaziy karkasga xavfsizlik karkasi integratsiya qilingan.
Uglerodli kompozit korpus
Uglerodli kompozit korpus yo‘lda harakatlanayotgan Temerario‘ning o‘rnini bosadi, kompozit FIA va GT3 ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqariladi va vaznni yanada yengillashtiradi. Squadra Corse va Lamborghini Centro Stile jamoalarining yordami bilan uzoq muddatli yuqori tezlikda ishlash uchun aerodinamik sozlashlar ham amalga oshirildi. Dvigatel va tormozlarni sovitish uchun havo oqimi ham oshirildi.

Kuzov qismlari poyga vaqtida tezda yechish va almashtirish uchun moslashtirilgan. Old va orqa qismlar bir butun bo‘lib, tezda almashtiriladi, diffuzor, dvigatel qopqog‘i va kapot ham xuddi shunday tezda yechilib, qayta o‘rnatilishi mumkin. Chiroqlar va boshqa qismlarda tezkor ulanish moslamalari mavjud bo‘lib, xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi. Temerario GT3’ning markaziy qismi pit-jek ustida turgan paytda ham yechib, o‘rnatib bo‘lish mumkin.
Poyga davomida yonilg‘i quyish jarayoni ham hisobga olingan – GT3 versiyasida bakka yonilg‘i quyish tezligi oshirilgan va shu bilan birga poyga talablariga mos yanada aniq yoqilg‘i sensori tizimi o‘rnatilgan.
Ishlab chiqarishdagi egizak-turbo V8 dvigatel poyga uchun mos turbo va kompressor bilan jihozlangan bo‘lib, FIA talablariga javob beradi. Yo‘l modelida turbo gibrid tizim bilan moslashtirilgan bo‘lsa, GT3 poyga modelida bu mavjud emas.
Capristo kompaniyasi Temerario GT3 uchun maxsus chiqindi gaz tizimini ishlab chiqqan va dvigatel keng aylanish oralig‘ida maksimal quvvat bera olishi uchun qayta kalibrlangan.
Shassisga ham bir qator o‘zgarishlar kiritilgan: uzunroq va kengroq g‘ildirak bazasi yuqori tezlikda barqarorlikni oshiradi. KW kompaniyasining yangi oltita sozlanadigan amortizatorlari o‘rnatilgan, shassisdagi karbon elementlar o‘rniga oddiy o‘rnatish plitalari qo‘llanilgan, bu esa poyga vaqtida texnik xizmatni soddalashtiradi. Maxsus gidravlik rul boshqaruvi va Ronal AG g‘ildiraklari shassis o‘zgarishlarini to‘ldiradi.

Temerario GT3 ni ishlab chiqishda Lamborghini zavod poygachilari ham ishtirok etgan. Marco Mapelli va Andrea Caldarelli poygachi sifatida GT3 ning haydash tajribasini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan.
Temerario GT3 FIA GT3 poygalari uchun ishlab chiqilgan va Lamborghini mijoz jamoalariga sotiladi. Loyiha 2026-yilgi mavsum davomida yakunlanadi. Uning birinchi poygasi 2026-yil mart oyida Sebring 12 soatlik musobaqasida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dizelda ishlaydigan dunyodagi birinchi poyga uchuvchisi taqdim etilgani haqida yozgandi.