Gadjetlar

Samsung Galaxy’ning eng yaxshi yettita smartfoni ma’lum bo‘ldi

Eng yaxshi deb Samsung Galaxy S25 Ultra flagman modeli tan olindi
Samsung Galaxy’ning eng yaxshi yettita smartfoni. Foto: Wongphoto / depositphotos

Samsung Galaxy’ning eng yaxshi yettita smartfoni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Tom’s Guide nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, smartfonlar orasida Galaxy S25 Ultra yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Ushbu model eng yuqori darajadagi kamera bilan jihozlangan va barcha Galaxy S smartfonlari orasida eng uzoq muddatli batareya ishlash vaqti bilan ajralib turadi. Shuningdek, Galaxy AI sun’iy intellekt funksiyalari bu telefonni yangi bosqichga olib chiqadi.

Ikkinchi o‘rinda Galaxy S25 – arzonroq flagman. U qimmatroq S25 modellari bilan bir xil Galaxy AI sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari, u ixcham, yorqin ekranga va tezkor chipsetga ega.

Samsung Galaxy S24 FE – Galaxy S flagmanlarining budjet talqini bo‘lib, yaxshi parametrlar tanlovini taklif etadi. Aynan tejamoqchi bo‘lganlar uchun qulay variant.

Samsung Galaxy S25 Edge eng yaxshi dizayn mukofotini oldi. Bu Galaxy S liniyasidagi eng yupqa model. U zamonaviy ko‘rinishi va kuchli protsessori bilan ajralib turadi.

Galaxy Z Fold6 – Samsung’ning eng yaxshi bukiluvchi smartfoni. Galaxy Z Fold7 smartfoni rasman sotuvga chiqqunga qadar. U iyul oyidan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Ro‘yxatga yana ixcham bukiluvchi Galaxy Z Flip6 ham kiritildi.

Top-7’likni Galaxy A56 yakunlaydi – Samsung’ning o‘rta toifadagi eng yaxshi smartfoni. Unda ham sun’iy intellekt funksiyalari mavjud va Galaxy S seriyasidagi modellarga qaraganda arzonroq turadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung va Apple nega katta sig‘imli batareyada chiqmasligi haqida yozgandi.