
Samsung kompaniyasi One UI 8 yangilanishini Galaxy Z Fold4 va Galaxy Z Flip4 smartfonlari uchun sinovdan o‘tkaza boshladi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.
Avvalroq One UI 8 sinovlari Galaxy A55 va Galaxy S24 FE modellari uchun ham boshlangan edi. Endi esa bukiladigan ikki model ham ushbu ro‘yxatga qo‘shildi.
Shu bilan birga, Galaxy Z Fold4 va Z Flip4 foydalanuvchilari allaqachon One UI 7 yangilanishini olgan. Agar sizda hali yangilanmagan bo‘lsa, telefon sozlamalari orqali («Settings > Software update») tekshirishingiz mumkin.
One UI 8 yangilanishining rasmiy chiqarilishi esa hali biroz vaqt oladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy’ning eng yaxshi yettita smartfoni haqida yozgan edi.