Surxondaryoda advokat $50 ming pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryoda advokat $50 ming pora bilan ushlandi / Foto: Senzor

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokat pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, advokat jinoyat ishi bo‘yicha suddagi tanishlari orqali ayblanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam evaziga $60 ming talab etgan.

Foto: DXX matbuot xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulning $50 ming olayotgan vaqtda dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan ish qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Esltib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Toshkent viloyatlarida bir qator mansabdorlar pora bilan qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek