Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi Oq uyda qoldi

15-iyul 2025 18:00 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi Oq uyda qoladi. Foto: Ken Cedeno/EPA

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi Oq uyda qoldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, FIFA «Chelsi» jamoasi g‘alaba qozonganidan keyin asl kubokni ularga topshirgan, ammo Oq uyda turgan kubok aslida nusxa bo‘lgan.

Nashr Tramp final o‘yinini vazirlar va FIFA prezidenti Janni Infantino bilan birga stadiondan tomosha qilganini ma’lum qildi. Kubokni kubokni «Chelsi» sardori Ris Jeymsga aynan Tramp va Infantino birgalikda topshirdi. Tramp sahnada markaziy o‘rinni egallab turganida «Chelsi» futbolchilari hayratda qoldi. Infantino vaziyatni yumshatishga harakat qildi, biroq Tramp orqaga chekinmadi.

Bu voqea Tramp va FIFA o‘rtasidagi navbatdagi diqqatga sazovor holat bo‘ldi. Bu yil Tramp ikkinchi prezidentlik muddatini boshlaganidan beri FIFA bilan faol hamkorlik qilmoqda. Mart oyida Infantino birinchi marta Oq uyda aynan shu kubokni namoyish qilgan va o‘shandan beri u Oq uyda turibdi.

Kubokning asl nusxasi va Oq uyda qolgan nusxasi o‘rtasida qanday farq borligi hozircha noma’lum. FIFA izoh berishdan hozircha tiyilgan.

Avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayev BAAning «Dibba Al Fujayra» klubi bilan shartnoma imzolagani haqida yozgandik.

Shuningdek