Xitoy iqtisodiyoti AQSh bozorini tark etganidan keyin 5,2% o‘sdi

eʼlon qilindi
2-chorakda
Xitoy iqtisodiyoti 2-chorakda 5,2% o‘sdi / Foto: HRW

Xitoy 2025-yilning ikkinchi choragida 5,2 foizlik iqtisodiy o‘sishga erishdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich mutaxassislar kutganidan yuqori bo‘lib, eksportni AQShdan boshqa bozorlarga yo‘naltirish orqali ta’minlandi.

Milliy statistika byurosiga ko‘ra, bu o‘sish birinchi chorakdagi 5,4 foizdan biroz past bo‘lsa-da, yarim yillik umumiy o‘sish 5,3 foizni tashkil etdi. Mamlakat bu yilgi «taxminan 5%» maqsadga erishish uchun ichki va tashqi bosimlarga qarshi kurashmoqda.

AQShning yuqori boj stavkalari Xitoyning eksportga bog‘liq iqtisodiyotiga jiddiy tahdid solmoqda. Pekin avgust o‘rtalarigacha Vashington bilan doimiy savdo kelishuviga erishishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy birinchi okean tadqiqot kemasini ishga tushirgan edi.

Shuningdek