
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Haj va Umra» markazi 2025-yil avgust oyidan yangi Umra mavsumi boshlanishini e’lon qildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xabar berishicha, dastlabki bosqichda 12 ta tadbirkorlik subyekti mazkur litsenziyani qo‘lga kiritgan. Ma’lumot o‘rnida «O‘zbekistonda Haj va Umra yagona portali» hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqilgan.
Avvalroq Buxoro, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida 4 ta turoperator Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklama qonunchiligini buzgan holatlar aniqlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Farg‘ona viloyatida ziyorat xizmatlariga oid reklama e’lonlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish davomida uchta Telegram kanalida litsenziyasiz reklama berilgani aniqlangani haqida yozga edi.