2026-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari uchun medallar taqdim etildi

16-iyul 2025 10:39 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Milano Cortina 2026
Milano Cortina 2026. Foto: olympics.com

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2026-yil Italiyada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari uchun tayyorlangan medallarni Venetsiyada ommaga namoyish etdi.

Taqdimot marosimi mashhur Canal Grande bo‘yidagi Palazzo Balbi saroyida o‘tkazildi. Yarim doira shaklidagi ikki qismdan iborat medal dizayni sportchilarning uzoq va mashaqqatli yo‘lini, murabbiylar, yaqinlar va jamoadoshlarning hissasini ifodalaydi.

Marosimda italiyalik suzish bo‘yicha Olimpiada chempioni Federika Pellegrini va Paralimpiya o‘yinlarining ko‘p karra sovrindori Franseska Porsellato ishtirok etib, medallarni Venetsiyaga olib kelishdi.

Milano Cortina 2026 tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqilgan medallarni Italiya davlat zarbxonasi qayta ishlangan metallardan tayyorlaydi. Ishlab chiqarishda faqat qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalaniladi, qadoqlash esa ekologik toza materiallardan tayyorlanadi.

Olimpiada o‘yinlari davomida 735 ta, Paralimpiya o‘yinlarida esa 411 ta, jami 1146 ta medal topshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» sport musobaqalari o‘tkazilishi haqida yozgandi.

Shuningdek