Andijonda soxta dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
100 dollarlik soxta kupyuralar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan
soxta dollar
Andijon viloyatida soxta dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi / Foto: iStock

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida katta miqdordagi soxta AQSh dollarini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida Departament, Davlat xavfsizlik xizmati va tuman IIB xodimlari tomonidan bir fuqaro qo‘lga olingan. U $1,9 ming soxta AQSh dollarini boshqa bir shaxsga $900 evaziga sotmoqchi bo‘lgan.

Qo‘lga olish vaqtida undan 100 dollarlik soxta kupyuralar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘istonda ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek