Apple qurilmalari uchun magnitlarni AQShda ishlab chiqarishni boshlaydi

eʼlon qilindi
2027-yildan boshlab
Apple qurilmalari uchun magnitlarni AQShda ishlab chiqarishni boshlaydi / Foto: Pixartprinting

Apple kompaniyasi AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan MP Materials bilan noyob yer magnitlarini yetkazib berish bo‘yicha $500 mlnlik shartnoma tuzdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Bu orqali Apple Xitoy eksportiga bog‘liqlikdan voz kechib, 2027-yildan boshlab o‘z qurilmalari uchun magnitlarni AQShda ishlab chiqarishga o‘tadi.

Shartnomaga ko‘ra, Apple $200 mln oldindan to‘lov qiladi. Magnitlar Kaliforniyadagi konlardan olinib, Texasdagi zavodda tayyorlanadi. Bitim Apple’ning AQShga $500 mlrdlik sarmoya rejasining bir qismi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI AQSh mudofaa sohasida $200 millionlik shartnomani qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek