Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining turdosh ro‘yxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim yo‘nalishlari klassifikatori asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining turdosh ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Endilikda ta’lim yo‘nalishlari 33 ta turdosh guruhlarga ajratildi. Bu ro‘yxat o‘xshash soha, tarmoq, yo‘nalish yoki faoliyat turi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini guruhlashga xizmat qiladi.
Jumladan, «Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)», «Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)», «Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)» hamda «Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)» yo‘nalishlari bir-biriga turdosh hisoblanadi.
Shuningdek, ariza topshirgan fuqarolarning ilgari o‘qigan yo‘nalishlari amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladi. Batafsil ma’lumot uchun @eduuz Telegram kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar qabuli boshlangan edi.