ChatGPT yangilandi: endi tasvirlar uslubini tanlash mumkin

eʼlon qilindi
Bu uchun to‘qqiz xil uslub taklif etiladi
ChatGPT yangilandi: endi tasvirlar uslubini tanlash mumkin / Foto: Didem Mente/Anadolu Agency/Getty Images

ChatGPT xizmatiga yangi yangilanish kiritildi. Endi foydalanuvchilar rasm yaratishda to‘qqiz xil uslubdan birini tanlashi mumkin.

Tasvir yaratish oynasida «Rasm yaratish» tugmasini bosgach, paydo bo‘lgan menyuda «Uslublar» tugmasini tanlash kifoya. Tanlash uchun «Kiberpank», «Rang berish kitobi», «Retro multfilm» kabi uslublar mavjud.

Shuningdek, qayd etilishicha, ChatGPT tasvir generatori Grok yoki Midjourneyga qaraganda biroz sekinroq ishlashi mumkin, ammo u ancha sifatli, tafsilotlarga boy va ba’zida matn jihatdan ishonchli rasmlar hosil qilishga qodir. Biroq matnlar bilan hali ham ayrim muammolar mavjudligi ko‘rinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT «Birgalikda o‘rganish» yangi funksiyasini taqdim etishi haqida yozgan edik.

Shuningdek