2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari savdosi 10-sentabrdan boshlanadi

16-iyul 2025 12:37 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: Reuters

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati chiptalarini sotib olish jarayoni 2025-yil 10-sentabrdan boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda Aljazeera nashri ma’lum qildi.

FIFA muxlislarni rasmiy veb-saytda ro‘yxatdan o‘tib, chipta olish uchun o‘z qiziqishlarini bildirishga chaqirdi. Chiptalar bosqichma-bosqich sotuvga chiqariladi. Har bir bosqichda to‘lov usullari, mahsulot turlari va sotib olish jarayonlari farq qilishi mumkin. Har bir bosqich bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar yaqin oylarda e’lon qilinadi.

«Biz butun dunyoni yana Shimoliy Amerikada intiqlik bilan kutmoqdamiz. Bu musobaqa tarixdagi eng katta va eng ajoyib sport tadbiri bo‘ladi», – deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.

FIFA chiptalar qanday tartibda tarqatilishi haqida batafsil ma’lumot bermadi. Ammo 10-sentabr kuni oldindan ro‘yxatdan o‘tgan muxlislar ilk bor chipta sotib olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Jahon chempionati 2026-yil 11-iyun kuni Mexiko shahrida boshlanib, 19-iyul kuni AQShning Nyu-Jersi shtatida yakunlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi Oq uyda qolgani haqida yozgan edi.

Shuningdek