Gadjetlar

Honor yangi Pad GT2 Pro planshetini taqdim etdi

Narxi $295 dan boshlanadi
Honor
Honor yangi Pad GT2 Pro planshetini taqdim etdi / Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan.

Honor kompaniyasi Honor X70 bilan birga yangi Honor Pad GT2 Pro planshetini ham namoyish etdi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

U o‘tgan yildagi Pad GT Pro modelining yangilangan versiyasi hisoblanadi.

Foto: Honor

Planshet 12,3 dyuymli 3K ekran va 165 Hz yangilanish chastotasi bilan jihozlangan. Akku batareyasi 10 100 mA·soat. Zaryad quvvati aniq ko‘rsatilmagan, ammo u avvalgisi kabi kamida 66 Vt bo‘lishi kutilmoqda.

Planshetning qalinligi – 5,8 mm, og‘irligi esa 580 grammni tashkil etadi. Qurilma Snapdragon 8 Gen 3 chipi asosida ishlaydi. U IMAX Enhanced texnologiyali 8 ta dinamikli audio tizimga ega.

Narxlar quyidagicha:

  • 8/128 GB — $295;
  • 12/256 GB — $355;
  • 16/512 GB — $405.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor X70 taqdim etilgani haqida yozgan edi.