IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi oshgani haqidagi xabarlar asossiz – Bojxona qo‘mitasi

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi oshgani haqidagi xabarlarga Bojxona qo‘mitasi rasmiy izoh berdi. Qo‘mita matbuot kotibi Husan Tangriyevning qayd etishicha, to‘lov narxi oshmagan.
Ayni paytda chet eldan keltirilgan qurilmalarni IMEI-kod ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning 20 foizi miqdoriga (75 ming so‘m) teng.
Qo‘mita bu singari ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirmoqda. Yolg‘on axborot noqonuniy olib kirilgan telefonlarning qimmat narxda sotish uchun qilingan bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, telefon xarid qilayotganingizda uning ro‘yxatdan o‘tkazilganini UzIMEI platformasi orqali tekshirishingiz mumkin. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish narxi ham ushbu saytda keltirilgan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Senat IMEI ro‘yxatga olishdagi muammolar yuzasidan vazirga murojaat yo‘llagani haqida yozgan edi.