iPhone 17 taqdimoti sanasi taxmin qilindi: yangi tafsilotlar ma’lum

16-iyul 2025 09:56 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
iPhone 17
iPhone 17 taqdimoti sanasi taxmin qilindi / Foto: Majinbuofficial

Apple flagman smartfoni – iPhone 17 taqdimoti 2025-yil sentabr oyining ikkinchi haftasiga belgilanishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder va Bloomberg jurnalisti Mark Gurman ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Apple odatda yangi iPhone’larni AQShdagi Mehnat bayramidan (Labor Day) keyingi haftada taqdim etadi. 2025-yilda mazkur bayram 1-sentabrga to‘g‘ri keladi, demak, taqdimot haftasi 8 – 12-sentabr oralig‘ida bo‘ladi.

Gurman Apple kompaniyasi odatda tadbirlarni juma kunlari o‘tkazmasligini, shuningdek, 11-sentabr sanasidan qochishini eslatdi. Shu sababli, eng ehtimoliy sana sifatida 9-sentabr (seshanba) yoki 10-sentabr (chorshanba) ko‘rilmoqda.

So‘nggi o‘n yillikdagi Apple tadbirlariga nazar solinsa, ularning ko‘pchiligi aynan shu kunlarda bo‘lib o‘tgan. Jumladan, o‘tgan o‘nta iPhone taqdimotining beshtasi seshanba kuni, uchtasi esa chorshanba kuni o‘tkazilgan.

iPhone 17 seriyasi haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan bo‘lsa-da, yangi dizayn va sun’iy intellektga yo‘naltirilgan texnologiyalar bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 17 Air to‘rt xil rangda taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Yangi iPhone 17 Air smartfoni bu yil kuzda chiqishi kutilmoqda va u to‘rtta rangda taqdim etiladi: qora, oq, och sariq va och ko‘k. Bu haqda ishonchli texnoinsayderlar Majin Bu va Fixed Focus Digital ma’lum qildi.

Yangi model Apple tarixidagi eng ingichka iPhone bo‘ladi. Biroq uning imkoniyatlari biroz qisqaroq: faqat bitta asosiy kamera, bitta dinamik va kichikroq akkumulyator bilan jihozlanadi.

Mazkur ranglar dizaynda yengillikka urg‘u beradi. Asosiy smartfon esa taxminlarga ko‘ra, ancha yorqin ranglarda bo‘ladi.

Shuningdek