Li Auto kompaniyasi o‘zining eng arzon elektromobilini taqdim etadi

16-iyul 2025 14:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Li
Li Auto kompaniyasi eng arzon elektromobilini taqdim etadi / Foto: Li Auto

Li Auto kompaniyasining yangi Li i6 elektromobili 2025-yil sentabr oyida Xitoy bozorida sotuvga chiqadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Ushbu avtomobil brendning eng arzon modeli bo‘ladi. Uning boshlang‘ich narxi $27,9 mingdan boshlanadi.

Yangi Li i6 krossoveri 800 V yuqori voltli arxitektura asosida ishlab chiqilgan. U 87,3 kVt-soat sig‘imli LFP akkumulyator bilan jihozlangan. 5C tez zaryadlash texnologiyasi tufayli 10 daqiqada 500 km yurish zaxirasini tiklash mumkin.

Foto: Li Auto

Avtomobilning uchta yurish zaxirasi varianti mavjud:

  • 660 km – to‘liq g‘ildirakli (awd) versiyada.
  • 710 va 720 km – orqa g‘ildirakli (rwd) modifikatsiyalarda.

Orqa g‘ildirakli modelda 250 kVt (335 ot kuchi) quvvatli motor mavjud. Uning og‘irligi 2380 – 2395 kg. To‘liq g‘ildirakli versiyada qo‘shimcha 150 kVt (201 ot kuchi) quvvatli motor o‘rnatilgan. Bu versiya 2515 kg og‘irlikda bo‘lib, 0 dan 100 km/soatgacha 4 soniyadan kam vaqtda tezlashadi.

Foto: Li Auto

Li i6 – 5 o‘rinli o‘rta o‘lchamdagi krossover. Uning o‘lchamlari: 4950 x 1935 x 1655 mm, g‘ildirak bazasi 3000 mmni tashkil etadi. Mashina 20 yoki 21 dyuymli disklar bilan taqdim etiladi.

Bu model Li Auto‘ning Tesla Model Y, BYD Song va boshqa o‘rta segmentdagi elektromobillarga kuchli raqobatchisi bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Li Auto kompaniyasi o‘zining birinchi to‘liq elektr yo‘ltanlamasi – Li i8 modelining interyerini rasman taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek