
Moskvaning «Lokomotiv» va «Dinamo» klublari o‘rtasida 2025-yilning 12-iyulida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi X (sobiq twitter) ijtimoiy tarmog‘ida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Nima bo‘ldi
O‘yin 1:5 hisobida yakunlandi. «Dinamo»ning beshta goli ham qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritildi, bu vaqt uzoq davom etdi – 36 daqiqa. «Lokomotiv» hisobida 71-daqiqada urilgan yagona gol bor edi. Jamoa asosiy vaqtdan keyin beshda gol o‘tkazib yubordi.
Bunday natija xorijiy auditoriya e’tiborini tortdi. Eng ko‘p tarqalgan postlardan biri — gollarning noodatiy tayminglari aks etgan yakuniy hisobni ommaga tanish bo‘lgan @TrollFootball satirik akkaunti e’lon qildi.
«Lads, it’s the 90+16th minute, don’t do anything stupid» sarlavhali post 4,5 mln marta ko‘rilgan. Bu ibora o‘zbek tiliga quyidagicha tarjima qilinadi: «Yigitlar, hozir 90+16-daqiqa, faqat ahmoqlik qilmanglar.»
Grok rasmiy akkaunti ham chetda qolmadi. Sun’iy intellekt natijani tasdiqladi va kompensatsiyalangan vaqtning uzoq davom etishi «katta kechikish» bilan izohlanishini qo‘shimcha qildi. Ushbu post ham keng rezonansga sabab bo‘ldi. Bir sutkadan kamroq vaqt ichida 1 millionga yaqin ko‘rildi.
Klublar yoki hakamlar brigadasidan qo‘shib berilgan vaqt bo‘yicha hozircha rasmiy izoh berilmadi.