Meta rahbariyatiga qarshi $8 milliardlik sud jarayoni boshlandi

eʼlon qilindi
Meta esa o‘zining aybsizligini ta’kidlab, barcha choralarni ko‘rganini aytdi
Meta rahbariyatiga qarshi $8 milliardlik sud jarayoni boshlandi / Foto: Alex Wong/Getty Images

AQShda Meta (sobiq Facebook) rahbariyatiga qarshi $8 mlrdlik da’vo asosida sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Ulushdorlar Mark Sukerberg va boshqa sobiq rahbarlarni foydalanuvchi ma’lumotlarini noqonuniy yig‘ishda va maxfiylik qoidalarini buzishda ayblamoqda.

Da’vo sabablaridan biri – 2018-yilda yuzaga chiqqan Cambridge Analytica mojarosi bo‘lib, millionlab foydalanuvchilarning ma’lumotlari siyosiy kampaniyalar uchun noqonuniy qo‘llangani aniqlangan.

Sud jarayoni Delaver shtatida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sukerberg, Sheryl Sandberg, Marc Andreessen, Peter Thiel kabi taniqli shaxslar guvohlik berishi kutilmoqda.

Ulushdorlar kompaniyaga FTC tomonidan qo‘llangan $5 mlrdlik jarima va boshqa xarajatlar bo‘yicha rahbarlardan jami $8 mlrdni undirishni talab qilmoqda.

Meta esa o‘zining aybsizligini ta’kidlab, barcha choralarni ko‘rgani va aslida Cambridge Analytica tomonidan aldangani haqida bayonot bergan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Sukerberg inson aqlidan ham yuqori vazifalarni bajara oladigan superintellekt yaratish boʻyicha yangi boʻlinma ishga tushirgan edi.

Shuningdek