Nazokat Rashidova: Ustav kapitali ishonchli biznesning poydevori

eʼlon qilindi
Freedom Pay bosh direktori kompaniyaning yangi maqsadlari haqida
Freedom Pay bosh direktori Nazokat Rashidova. Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Freedom Pay fintech kompaniyasi O‘zbekiston bozorida o‘z mavqeyini mustahkamlab, biznes uchun mo‘ljallangan to‘lov va raqamli yechimlardan iborat ekotizimini rivojlantirmoqda. Kompaniya bor e’tiborini texnologik yondashuv, jarayonlarning shaffofligi va barqaror o‘sishga qaratgan.

Ustav kapitalini oshirishga tayyorgarlik jarayoni fonida kompaniya bosh direktori Nazokat Rashidova faoliyat yo‘nalishlari, strategik rejalar va kapital tuzilmasida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.

Freedom Pay O‘zbekistonning fintech sohasidagi o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda. Kompaniya faoliyati haqida gapirib bersangiz.

Freedom Pay biznes uchun kompleks fintech yechimlari bozorida o‘n yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan 250 dan ziyod mutaxassislar moliyaviy operatsiyalarni iloji boricha qulay, tez va xavfsiz bo‘lishini ta’minlash ustida ishlamoqda.

Biz foydalanuvchilarni banklar, marketpleyslar, davlat portallari va boshqa raqamli ekotizimlar bilan bog‘laydigan innovatsion infratuzilmani yaratmoqdamiz.

Biz nafaqat to‘lov mahsulotlarini ishlab chiqyapmiz, balki bozor talablariga javob beradigan va kelajak muammolariga tayyor bo‘lgan moliyaviy platformani barpo etmoqdamiz.

Freedom Pay uchun qaysi faoliyat yo‘nalishlari strategik ahamiyatga ega?

Bizning asosiy yo‘nalishimiz yuqori darajadagi xavfsizlikka ega to‘lov platformasini rivojlantirishdir. Biz firibgarlikka qarshi tizimlarni joriy etib, xalqaro muvofiqlik standartlariga amal qilamiz va biznesga qulay integratsiya yechimlarini taklif etamiz.

Mijozlar va hamkorlarimiz bizning yechimlarimiz tufayli daromad topishiga, biz bilan birgalikda o‘sishi va rivojlanishiga harakat qilamiz.

Yaqinda Freedom Pay Markaziy Osiyo Fintech Assotsiatsiyasi (CAFA) a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Ushbu uyushmaga a’zolik kompaniyaga qanday imkoniyatlar yaratadi?

Biz CAFA’ga a’zolikni strategik qadam sifatida ko‘rib chiqmoqdamiz. Ushbu assotsiatsiya Markaziy Osiyo moliya texnologiyalari bozoridagi ishtirokchilarni birlashtiradi hamda mintaqaviy darajada muloqot va hamkorlik uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi. Undagi ishtirok professional hamjamiyatga qo‘shilish, qo‘shma loyihalarda ishtirok etish va fintech hamda raqamli innovatsiyalar sohasidagi eng yaxshi tajribalardan foydalanish imkonini beradi.

Siz iyun oyining boshlarida Jahon banki ko‘magida tashkil etilgan E-GATE anjumanlarida Dushanbe va Bishkekda ma’ruza qildingiz. Ushbu tadbirlarda ishtirok etish natijasida qanday xulosalarga keldingiz va bu tajribani qanday baholaysiz?

Bu juda qimmatli va ruhlantiruvchi tajriba bo‘ldi. Bunday yuqori darajadagi tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilinayotganimizdan mamnunmiz. Bu fintech sohasida ekspert ekanligimiz tan olinganligidan darak beradi.

Markaziy Osiyo raqamli iqtisodiyotining kelajagi haqidagi muloqotning to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lish biz uchun muhim. E-GATE konferensiyalari bizga shunday imkoniyatni beradi.

Mintaqa mamlakatlari umumiy muammolarga duch kelmoqda va yagona maqsadlarga, ya’ni xavfsiz raqamli muhitni rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, elektron savdo uchun sharoitlar yaratishga intilmoqda.

Biz bu jarayonga tajriba almashish, yechimlar taklif qilish va qo‘shma tashabbuslarda ishtirok etish orqali hissa qo‘shishga tayyormiz.

2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda to‘lov tashkilotlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdorini 10 milliard so‘mdan 20 milliard so‘mgacha oshirish talabi kuchga kirdi. Kompaniya bu o‘zgarishlarga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda va hozirgi vaqtda ushbu jarayon qaysi bosqichda?

Biz kompaniyaning ustav kapitalini 20 milliard so‘mgacha oshirishni qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi orqali rasmiylashtirdik.

Markaziy bankning moliyaviy va bank sektori bo‘yicha amalga oshirayotgan izchil tartibga solish choralari biz uchun tushunarli va asosli. Ushbu choralarning moliyaviy infratuzilmani mustahkamlash hamda bozor barqarorligi va shaffofligini oshirishga qaratilganini to‘liq anglaymiz.

Ustav kapitalining oshirilishi oddiy texnik jarayon emas, balki bu Freedom Pay’ning uzoq muddatli strategiyasining ajralmas qismidir. Biz yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘yyapmiz va moliyaviy asosni mustahkamlash bu yo‘ldagi mantiqiy davom hisoblanadi.

Hamkorlar va mijozlar tomonidan bizning faoliyatimizga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda ortib bormoqda. Shu boisdan ham operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish va yuksak mas’uliyat darajasini saqlab qolish uchun ichki jarayonlarimizni takomillashtiryapmiz va qo‘shimcha resurslarni jalb etmoqdamiz.

Kompaniya yaqin kelajakda qanday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan?

Biz mahsulotlarimizni yanada qulay, tezkor va xavfsiz qilish ustida ishlashda davom etmoqdamiz. Asosiy e’tiborimiz foydalanuvchi tajribasi va ishonchli texnologik infratuzilmaga qaratilgan.

Servislar turini kengaytirish va O‘zbekiston hamda butun mintaqada fintech ekotizimini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etishni rejalashtirganmiz. Barqaror o‘sish faqatgina biznes, tartibga soluvchi organlar va bozorning barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlik asosida amalga oshadi.

Mijozlar va hamkorlarga nima degan bo‘lardingiz?

Ishonchingiz uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz. Freedom Pay raqamli moliya sohasida sizning ishonchli hamkoringiz bo‘lib qoladi. Biz faoliyatimizni ochiq yuritamiz, tartibga soluvchi organ talablariga qat’iy rioya qilamiz va bozor ishtirokchilari bilan muloqotga tayyormiz.

Shuningdek