O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
eʼlon qilindi
Ballar vazirlik va idoralar takliflari asosida belgilandi

2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMdan davlat ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Maxsus sinovlar orqali amalga oshiriladigan ushbu tartib bo‘yicha ballar vazirlik va idoralar takliflari asosida belgilandi.
T/r | Shifr | Bilim va ta’lim sohasi nomi | O‘tish ballari |
---|---|---|---|
I | 100 000 | Ta’lim | 94 |
II | 200 000 | San’at va gumanitar fanlar | |
210 000 | San’at | 93 | |
220 000 | Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) | 94 | |
230 000 | Tillar | 94 | |
III | 300 000 | Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot | |
310 000 | Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar | 105 | |
320 000 | Jurnalistika va axborot | 105 | |
IV | 400 000 | Biznes, boshqaruv va huquq | |
410 000 | Biznes va boshqaruv | 105 | |
420 000 | Huquq | 165 | |
V | 500 000 | Tabiiy fanlar, matematika va statistika | |
510 000 | Biologik va turdosh fanlar | 80 | |
520 000 | Atrof-muhit | 94 | |
530 000 | Fizika va tabiiy fanlar | 80 | |
540 000 | Matematika va statistika | 94 | |
VI | 600 000 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari | |
610 000 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari | 94 | |
VII | 700 000 | Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari | |
710 000 | Muhandislik ishi | 75 | |
720 000 | Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari | 75 | |
730 000 | Arxitektura va qurilish | 75 | |
VIII | 800 000 | Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya | |
810 000 | Qishloq xo‘jaligi | 70 | |
820 000 | O‘rmon xo‘jaligi | 70 | |
830 000 | Baliq xo‘jaligi | 70 | |
840 000 | Veterinariya | 60 | |
IX | 900 000 | Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot | |
910 000 | Sog‘liqni saqlash | 129 | |
920 000 | Ijtimoiy ta’minot | 94 | |
X | 1 000 000 | Xizmatlar | |
1 010 000 | Xizmat ko‘rsatish sohasi | 80 | |
1 020 000 | Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi | 75 | |
1 040 000 | Transport xizmatlari | 104 |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar qabuli boshlangan edi.