O‘zbekiston va Rossiya dronchilari mashg‘ulotlarda texnikaga zarba berishni mashq qildi

eʼlon qilindi
Termiz poligonida
O‘zbek va rus dronchilari Termizdagi mashg‘ulotda texnikani yo‘q qilishni o‘rgandi. Foto: Unsplash

O‘zbekiston va Rossiya harbiy dron operatorlari «Hamkorlik-2025» qo‘shma mashg‘ulotlari doirasida «dushman» texnikasini yo‘q qilishni o‘rgandi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Harbiy manyovrlar davomida ikki davlat harbiylari turli turdagi dronlardan, jumladan, FPV-dronlaridan foydalandi. Shuningdek, rossiyalik harbiylar yuk yetkazish va shartli yarador askarlarni evakuatsiya qilish uchun robotlashtirilgan majmuani qo‘lladi.

Avvalroq Rossiya harbiylari «Hamkorlik – 2025» mashg‘ulotlari uchun O‘zbekistonga kelgani haqida yozgandik.

Mashg‘ulotlar Termiz poligonida o‘tkazilmoqda. 2004-yildan buyon Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza askarlari O‘zbekistondagi mashg‘ulotlarda qatnashish uchun 300 km masofani zirhli texnika va maxsus mashinalarda bosib o‘tishdi.

Rossiya Mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, «Hamkorlik – 2025» mashg‘ulotlari 15-iyuldan 21-iyulgacha davom etadi.

Global Firepower reytingining 2025-yilgi natijalariga ko‘ra, Rossiya armiyasi kuch jihatidan dunyoda 2-o‘rinda turadi. Mamlakatning harbiy xarajatlari $126 mlrdga baholangan. Rossiya qurolli kuchlarida 1,3 milliondan ortiq harbiy xizmatchi, zaxirada esa 2 million kishi mavjud.

Ma’lumot uchun, ushbu reytingda O‘zbekiston 58-o‘rinda qayd etilgan bo‘lib, harbiy budjeti $2,8 mlrdni tashkil etadi. Mamlakat armiyasida 48 ming nafar harbiy xizmatchi xizmat qiladi.

Shuningdek