O‘zbekistonda 1,8 mingta radar qayerlarda «yashiringan»

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini aniqlash uchun respublika bo‘ylab foto va video qayd etish vositalari o‘rnatilgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ularning joylashuvi bo‘yicha batafsil ro‘yxatni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, respublika hududida 1831 ta avtomatlashtirilgan kamera va radarlar faoliyat yuritmoqda.
Mazkur texnik vositalar haydovchilarning tezlikni oshirishi, svetofor talablarini buzishi, chiziqlarni bosib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yo‘l qoidabuzarligi uchun jarimalar bir oyda kelmasa bekor qilinishi mumkinligi haqida yozgandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun foto va video orqali rasmiylashtirilgan jarimalar bir oydan kech yuborilsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.