O‘zbekistonliklarning katta qismi qo‘shni davlatlarga sayohat qilmoqda

eʼlon qilindi
Turistik maqsadlarda xorijga safar qilganlar soni 24 foizga oshdi
Foto: afaizal / www.depositphotos.com

Shu yilning yanvar – may oylarida 2,745 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 574 ming nafarga yoki 26,4 foizga ko‘pdir. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Eng ko‘p sayohat Qirg‘izistonga bo‘lib, 1,190 mln nafar fuqaro safar qilgan. Tojikiston 502 ming kishi bilan ikkinchi o‘rinda, Qozog‘iston esa 468 ming nafar sayohatchi bilan uchinchi pog‘onada qayd etilgan. Saudiya Arabistoniga 145 ming kishi safar qilgan bo‘lsa, Rossiyaga 125 ming, Turkiyaga esa 88,6 ming nafar o‘zbekistonlik chiqqan.

Shuningdek, BAAga 71 ming, Misrga 30 ming, Tailandga 16,5 ming va Vyetnamga 15,8 ming fuqaro safar qilgan. Qolgan 93 ming nafar fuqaro esa boshqa mamlakatlarga yo‘l olgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni qariyb 20 foizga oshgani haqida yozgandi.

2024-yilga nisbatan sayyohlar soni qariyb 20 foizga oshdi. Aprel oyida birinchi marta 1 mlndan ortiq xorijlik kelgan bo‘lsa, may oyida bu raqam 1,1 mlnga yetdi. Iyun oyida ham o‘sish sur’ati saqlanib, yana 1,1 mlnga yaqin sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Shuningdek