
2025-yilning ikkinchi choragida Samsung global smartfon bozori yaqqol yetakchisiga aylandi. Bu haqda IDC tadqiqot kompaniyasi hisobotida keltirilgan.
Samsung bozordagi ulushini 19,7 foizgacha oshirdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 7,9 foizlik o‘sishni anglatadi. Apple esa 15,7 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, biroq kompaniya o‘sishi atigi 1,5 foizni tashkil etdi.
Uchinchi pog‘onani Xiaomi band etdi – kompaniya bozordagi ulushi 14,4 foiz bo‘lib, yillik o‘sish 0,6 foizni tashkil etdi.
Kompaniya | 2025 Yetkazib berish (mln dona) | 2025 Bozor ulushi | 2024 Yetkazib berish (mln dona) | 2024 Bozor ulushi | Yillik o‘zgarish |
---|---|---|---|---|---|
1. Samsung | 58.0 | 19.7% | 53.8 | 18.4% | +7.9% |
2. Apple | 46.4 | 15.7% | 45.7 | 15.6% | +1.5% |
3. Xiaomi | 42.5 | 14.4% | 42.3 | 14.5% | +0.6% |
4. vivo | 27.1 | 9.2% | 25.9 | 8.8% | +4.8% |
5. Transsion | 25.1 | 8.5% | 25.5 | 8.7% | −1.7% |
Boshqalar | 96.1 | 32.6% | 99.1 | 33.9% | −3.1% |
Jami | 295.2 | 100.0% | 292.2 | 100.0% | +1.0% |
TOP – 5 likdan Vivo va Transsion kompaniyalari joy oldi. Transsion Tecno va Infinix brendlariga egalik qiladi. Biroq bu kompaniya yetakchilar orasida sotuvlari kamaygan yagona ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. Uning ko‘rsatkichlari 1,7 foizga tushgan.
Umuman olganda, global smartfon bozori 1 foizga o‘sib, chorak yakunida 295,2 mln dona qurilma yetkazib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi kompaniyasi Android 16 operatsion tizimini olmaydigan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qilgani haqida yozgan edi.