Qoraqalpogʻistonda ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qo‘ng‘irotda ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi / Foto: Hoover

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot texnigi tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departmenti ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, u fuqaro ishonchiga kirib, tanishlari orqali ishga joylashtirish evaziga $2,5 ming talab qilgan va oldindan 10 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura departmenti

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda poraxo‘r podpolkovnik qo‘lga olingan edi.

Shuningdek