
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tibbiyot birlashmasiga ishga kiritishni va’da qilgan tibbiyot texnigi tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departmenti ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, u fuqaro ishonchiga kirib, tanishlari orqali ishga joylashtirish evaziga $2,5 ming talab qilgan va oldindan 10 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda poraxo‘r podpolkovnik qo‘lga olingan edi.