
Realme 15 va Realme 15 Pro smartfonlari 24-iyul kuni rasman taqdim etiladi. Kompaniya allaqachon qurilmalar haqida rasmiy e’lonlarni boshlab yuborgan. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Ko‘proq e’tibor Pro versiyaga qaratilgan edi. Ammo endi Realme 15 haqida ham aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Realme 15 MediaTek Dimensity 7300+ protsessori, 144 Hz yangilanish chastotasi va 6500 nit yorqinlikka ega displey bilan jihozlanadi. Unda ikkita 50 MP 4K kamera, sun’iy intellekt yordamida ishlov berish va aniq video imkoniyatlari mavjud.
Smartfon qalinligi atigi 7,66 mm, biroq unda 7000 mA·soat sig‘imli akkumulyator va 80 Vt tezkor quvvatlash bor. Qurilma chang va suvdan himoyalangan (IP69). Rang variantlari: Silk Pink, Velvet Green, Flowing Silver.
Ekran o‘lchami 6,8 dyuymni tashkil etadi. Orqa kameralar 50 MP asosiy va 8 MP keng burchakli imkoniyatga ega. Uning selfi kamerasi esa 50 MP. Shuningdek, ekranga o‘rnatilgan optik barmoq izi skaneri ham mavjud.
Realme 15 Pro versiyasi Snapdragon 7 Gen 4 chipi bilan jihozlanadi. Boshqa jihatlar deyarli o‘xshash bo‘lib, faqat 0,03 mm qalinroq bo‘ladi. Narxlarda esa farq bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv uzbekistan Realme 15 seriyasi qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi. Yangi modellar to‘rt xil rangda taqdim etiladi.
Smartfonlar Snapdragon protsessori, kuchli neyroprotsessor va yorqin ekran bilan jihozlanadi.