Saudiya Arabistoni turizm daromadlari o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi

Saudiya Arabistoni 2025-yilning birinchi choragida turizm sohasida rekord darajadagi moliyaviy natijalarga erishdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy sayyohlar sarf-xarajatlari $13,2 milliardni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 10 foizga oshgan.
Shuningdek, Qirollikda xalqaro turistlar soni 2019-yilga nisbatan 102 foizga ko‘paydi. Bu o‘sish global o‘rtacha ko‘rsatkich (3%) va hatto Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha o‘sish (44%)dan sezilarli darajada yuqori.
Bunday barqaror o‘sish Saudiya Arabistonining 2030-yilgacha yiliga 150 million turist qabul qilish maqsadiga erishish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, mamlakatni jahonning yetakchi turistik yo‘nalishlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shvetsiyalik mashhur bloger velosipedda O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edi.